25 Sentyabr 2025 yil 112

Kripto-aktivlarni noqonuniy ravishda ayirboshlab kelgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi

"Xavfsiz hudud - dolzarb 20 kunlik" keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida joriy yilning 19-sentyabr kuni Kosonsoy tumani "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi fuqaro "Binance" platformasi orqali kripto-aktivlar aylanmasi bilan tegishli litsenziya hujjatlarini rasmiylashtirmasdan noqonuniy ravishda shug'ullanib kelayotganligi va ushbu platformada joriy yilning 2-mart kunidan, 19-may kuniga qadar qiymati 542,9 million miqdoridagi noqonuniy kripto-aktivlarni 35 ta o'tkazma orqali amalga oshirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati IIB ATSJQKB huzuridagi TG tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 278⁸-moddasi 3-qismi a bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech