13 Iyul 2023 yil 416

Kredit pullarini talon-taroj qilgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Uychi tumanida yashovchi, 1991 va 1970-yilda tug‘ilgan 2 nafar shaxslar 2020-yil avgust oyida shu tumanda yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan fuqaroni fuqarolik pasporti nusxasi va oylik ish haqqi to‘g‘risidagi maʼlumotnomasi asosida hujjatlar qalbakilashtirib, “Agrobank” ATB Uychi filialidan 30 million so‘m kredit olib, pullarni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech