Kredit pullarini o‘zlashtirgan firibgarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2021 yil 17 iyul' kuni, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil iyul' oyida, Namangan shahrida yashovchi, 1990 yilda tug‘ilgan ayol uni ishonchiga kirib, uning nomiga Namangan shahridagi bankdan mikroqarz sifatida 10.000.000 so‘m kredit mablag‘ini chiqarib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Bundan tashqari, ayol 2019 yil iyul' oyida, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan ayolning nomiga bankdan mikroqarz sifatida 10.000.000 so‘m kredit chiqarib, ushbu pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati