Kredit olishda firibgarlardan ehtiyot bo‘ling!
2021 yil 18 sentyabr' kuni, Chortoq tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu yil fevral' oyida tanishi, Chortoq tumanida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro uni ishonchiga kirib, AT “Mikrokreditbank” Chortoq tuman bo‘limidan uning nomiga tikuv mashina chiqarib berishini aytib, aldab, hujjatlarni rasmiylashtirib, 25.000.000 so‘m kredit mablag‘larini Chortoq tumanida joylashgan MChJ hisob raqamiga tushirib, evaziga 3 dona tikuv mashinasini olib, 17.000.000 so‘mga boshqa shaxslarga sotib, pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Ushbu holat bo‘yicha Chortoq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 6 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati