14 Noyabr 2020 yil 499

Kosonsoylik fuqaroning uyidan “Marixuana” topildi.

Shu yil 8 noyabr' kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2020” tadbiri davomida, tuman IIB TEQKB tezkor vakillari va JQB tezkor vakillari tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan fuqaroning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, xonadoniga kirish qismiga ilingan shimini yon cho‘ntagida va oshxonasidagi stol tagidan gazeta parchasiga o‘ralgan, o‘tkir hidli, ko‘kimtir rangli, giyohvand moddasiga o‘xshash moddalar borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun tuman IIBga olingan.

Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 84,05 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvand moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 13 noyabr' kuni O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech