15 Fevral 2021 yil 368

Kosonsoyda uyushgan guruh qo‘lga olindi.

Joriy yil 9 fevral' kuni Kosonsoy tumanida yashovchi ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 8 fevral' kuni soat 17:00 dan 9 fevral' kuni soat 09:30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 20.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Kosonsoy tuman IIB JQB boshlig‘i va TB tergovchisi hamda HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv va dastlabki tergov harakatlari davomida, ushbu jinoyatni, Kosonsoy tumanida yashovchi 3 nafar fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O‘z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlanganlar.

 

Namangan viloyat IIB Axborot xizmati

Text to speech