20 Aprel 2021 yil 384

Kosonsoy va To‘raqo‘rg‘on tumanlarida qimorxona tashkil etgan shaxs ushlandi.

Joriy yil 17 mart kuni, viloyat IIB JQB tezkor vakili va Kosonsoy tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida 6 nafar tanishlariga tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yini o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

14 aprel' kuni To‘raqo‘rg‘on tuman IIB JQB boshlig‘i, tezkor vakillari hamda HPB TP profilaktika inspektori tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, shu yil 13 aprel' kuni, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash xonadonida 6 nafar fuqarolarni yig‘ib, o‘rtaga pul tikib, qimor o‘ynashlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ikki holat yuzasidan ham IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 278-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech