Kosonsoy tumani IIB katta eksperti tomonidan qo‘l barmoq izlari orqali o‘g‘irlik jinoyati fosh etildi
2021 yil 30 noyabr' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 27 noyabr' kuni soat 09:00 dan soat 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, darvoza qulfini buzish yo‘li bilan kirib, xonada bo‘lgan narxi 2.000.000 so‘mlik “Yasin” nomli televizorini, yotoqxonasidagi ko‘rpalar orasida bo‘lgan 200 AQSh dollari va 400.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Kosonsoy tumani IIB EKG katta eksperti tomonidan xodisa joyini ko‘zdan kechirishda olingan 10 dona qo‘l barmoq izlari Namangan viloyati IIB EKBda mavjud bo‘lgan shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganda, 2 dona barmoq izlari, Kosonsoy tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaroning chap bosh va ko‘rsatkich barmog‘iga mos kelganligi aniqlanib, tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, uning sherigi, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 30 noyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati