14 Aprel 2021 yil
462
Kosonsoy tuman IIB xodimlari tomonidan qidiruvdagi ayol ushlandi.
Joriy yil 13 aprel kuni viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1994 yilda tug‘ilgan ayol Kosonsoy tuman IIB HPB profilaktika katta inspektori va profilaktika inspektori tomonidan Namangan shahar I.Karimov ko‘chasidan ushlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati