Kosonsoy tumanidagi “qizil” toifadagi mahallalarda o‘rganish ishlari davom etdi
Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan shahar va tuman ichki ishlar bo‘limlarining faoliyati, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga qaratilgan ishlar izchil o‘rganib kelinmoqda.
Shu doirada boshqarma boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Kosonsoy tumanida bo‘lib, “Bo‘g‘ishamol”, “A. Navoiy” va “A. Jomiy” mahallalarida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi. Ushbu mahallalardagi kriminogen vaziyat atroflicha o‘rganilib, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tahlil qilindi.
O‘rganishlar jarayonida masʼullarga amaliy yordam ko‘rsatilib, hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha vazifalar belgilab berildi.
Mazkur o‘rganishlar jinoyatchilikni kamaytirish, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda aholining tinch va xavfsiz hayotini taʼminlashda alohida o‘rin tutadi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati