Kosonsoy tumani IIB boshligʻining tuman aholisiga murojaati
Hurmatli tumanimiz fuqarolari va mehmonlari!
Prezidentimizning joriy yilning 3-yanvardagi “2025-yilda
respublika mahallalarida havfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarni barvaqt
oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar
toʻgʻrisida”gi 1-sonli qarori mahallalarda havfsiz muhitni yaratish boʻyicha
mutlaqo yangicha ishlash tizimi boʻldi. Mahallalarda mavjud muommolarni joyida
manzilli hal etish uchun “Ijtimoiy profilaktika” tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Profilaktika inspektorlari tomonidan huquqbuzarlik sodir
etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori boʻlgan 1 581 nafar shaxslarga
xulosalar berib, mavjud muommolari mahalla yettiligi tomonidan ijobiy hal
etilib kelinmoqda. Mahalla faollari tomonidan 134 nafar shaxslarning muammolari
ijobiy hal etildi.
Bugungi kunda ijtimoiy profilaktik tadbirlar amalga
oshirilishi oʻzining ijobiy natijasini berib, jinoyat sodir etilishini barvaqt
oldini olishiga samarali xizmat qilmoqda.
Tumanimizda joriy yilning 3 oyi davomida mahalla hududida 27
ta jinoyat sodir etilib, 2 ta (Tagijar va Olmazor) mahallalarini qizil toifaga
kirishiga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, 59 ta mahallalarning 49 tasida jinoyatlar
sodir etishiga yoʻl qoʻyilmadi.
Hurmatli
yurtdoshlar!
Jinoyatlarning eng koʻp sodir etilayotgan turlari ularning
kelib chiqish sabab va huquqlari omillariga toʻxtalib oʻtsam.
Joriy yilning 3 oyi davomida tuman hududida 9 ta
oʻgʻirlik jinoyatlari qayd etilgan, ushbu oʻgʻirliklarning 3 tasi hayvon
oʻgʻirligi, 4 tasi xonadon oʻgʻirligini tashkil etadi. Ushbu jinoyatlar tahlil
qilinganda hayvon oʻgʻirligi kelib chiqish sababi fuqarolar tomonidan
hayvonlarini dalalarga qarovsiz tashlab ketish oqibatida sodir etilgan boʻlsa,
xonadon oʻgʻirligi yashash xonodonimizda mavjud boʻlgan mol-mulklarimizni
qarovsiz qoldirish, eshiklarni ochiq holatda tashlab ketish va hovli devorlar
bilan oʻralmaganligi, oʻralgan devorlarning ayrimalari esa past holatda
boʻlganligi sababli sodir etib kelinmoqda. Jinoyatning kelib chiqishiga oʻzimiz
ham befarq ekanligimiz, shaxsiy mulklarimizga ehtiyot boʻlmasligimiz oqibatida
jinoyatchilarga sharoit yaratib berilayotganligi koʻrilmoqda.
Bugungi kunda eng koʻp sodir etilayotgan jinoyatlardan biri
bu firibgarlik jinoyati boʻlib, tuman hududida shu davrda 1 ta jinoyat qayd
etildi. Sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatlarida fuqarolar oson va tez
daromad topishga intilishi uy-joy avtomashina va boshqa mulklarning
oldi-sotdisidan huquqiy hujjatlarsiz munosabatlarga kirishi oqibatida sodir
etilmoqda.
Koʻcha va jamoat joylarda jinoyatlarni oldini olish boʻyicha
tegishli naryad va xizmatlar tashkil etib kelinayotganiga qaramay joriy yilning
3 oyi davomida 1 ta bezorilik hamda 2 ta tan jarohati bilan bogʻliq
boʻlgan jinoyatlar sodir etildi. Ushbu jinoyatlarni kelib chiqish sabablari
oʻrganilganda fuqarolar bir-birlari bilan oʻzaro kelishmovchilik, pul oldi
berdi masalalari, fuqarolar oʻz harakatlarini huquqiy oqibatini tushunib
yetmasliq natijasida sodir etilganligi aniqlangan. Eʼtibor qaratadigan boʻlsak,
jamoat joylarda fuqarolar sovuq qurollarni olib yurish holatlari koʻplab
uchramoqda.
Oʻtkazilgan tigʻ tadbirlari jarayonida 20 ta fuqarolar tigʻli
jismlarni yonlarida olib yurganliglari aniqlanib, 6 nafariga tegishli tartibda
choralar koʻrilib, 14 nafar fuqarolar rasmiy ogohlantirilgan.
Muhim bir yoʻnalishlardin biri giyohvandlik va psixotrop
moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashishdir. Tumanimizda hamkor
tashkilotlar bilan birgalikda giyohvandlik illatiga qarshi kurashish va uni
yoshlar orasida keng tarqalishini oldini olish borasida bir qator tadbirlar
amalga oshirmoqdamiz. Olib borilgan tadbirlar natijasida 7 ta jinoiy holatlar
aniqlanib 7 kilogramdan ortiq giyohvandlik moddalar va psixotrop dorilar
noqonuniy muomilasiga chek qoʻyildi. Mazkur holatlar boʻyicha 9 nafar
shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlandi. Albatta bir narsani
unutmasligimiz kerak, bu illatga qarshi barchamiz kurashishimiz shart va lozim
deb hisoblayman.
Bugungi rivojlangan davrda axborot texnologiyalari yordamida
sodir etilayotgan jinoyatlar keskin ortib bormoqda. Jinoyatlarning oʻziga xos
tomoni shundaki, jinoyatni sodir etayotgan shaxs uchun chegara va masofa
toʻsqinlik qilmaydi. Jinoyatchi qisqa fursatda 10 lab hattoki 100 lab fuqarolarni
jabrlanuvchiga aylantiradi.
Joriy yilning 3 oyi davomida bu yoʻnalishda sodir etilgan 30
ta jinoyatlar, umumiy sodir etilgan jinoyatlarni 40% ni tashkil etmoqda. Mazkur
jinoyatlarning 96,7% plastik kartalardan mablagʻlarni 24 ta oʻgʻirlik holatida
va 5 ta firibgarlik holati bilan talon-taroj qilingan. 71% plastik karta
malumotlarni berganligi uchun, 22% ijtimoiy tarmoqda mablagʻlarni koʻpaytirib
berishda aldanish, 7% esa onlayn savdo bilan shugʻullanish orqali sodir
etilgan. Achinarlisi aksariyat hollarda fuqarolarning oʻzlari jinoyatchilarga
osongina aldanib qolib, plastik karta kodlarini oddiy holda aytib qoʻyishi
orqali mablagʻlarni topshirishmoqda. Shu oʻrinda ayrim fuqarolarimiz
ijtimoiy tarmoq orqali tez va qisqa fursatda boyish ilinjida boʻlayotganligi
tashvishli holdir. Buning oqibatida oʻzlari jinoyat qurboniga aylanmoqdalar.
Jinoyatchilar tomonidan fuqarolarning 515.000.000 soʻmdan ortiq
mablagʻlari oʻzlashtirib olingan. Kiberjinoyatlarni fosh etishga qaratilgan
tadbirlar jarayonida 16 dan ortiq jinoyatlar fosh etilib, 220.000.000 soʻmdan
ortiq miqdoridagi pullari qaytarildi.
Yoʻllarda harakat havfsizligini taʼminlash masalasi ham muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Tuman hududidan oʻtgan yoʻllar uzunligi 134 kilometrni
tashkil etib bundan mahalliy ahamiyatga ega boʻlgan va 165 kilometr ichki
xoʻjalik yoʻllarini tashkil etadi. Yoʻllarda 4 ta tezlikni oʻlchaydigan radar,
5 ta qoida buzarliklarni aniqlaydigan foto va video qayt etish kameralari
oʻrnatilgan. Mazkur yoʻllarda yoʻl harakati havfsizligini taʼminlash uchun 6
nafar yoʻl patrul inspektorlari xizmatlari jalb etilib kelinmoqda. Joriy
yilning 3 oy davomida 7 ta yoʻl-transport hodisalari sodir etilib, ularning
barchasi tan jarohati bilan yakunlangan. Oʻlim bilan tugagan yoʻl-transport hodisalari
sodir etilmagan. Yoʻl-transport hodisalarini oldini olish maqsadida mutasaddi
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash
chora-tadbirlari koʻrildi. Muntazam ravishda profilaktik tadbirlar olib
borilmoqda. Lekin bugungi kunda haydovchilik va huquqiy madaniyatni yetarli deb
boʻlmaydi. Ayrim haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasdan,
mensimasdan transport vositalarini boshqarish, ayrim hollarda esa
ota-onalarning oʻzlari voyaga yetmagan farzandlariga transport vositalarini
boshqarishga imkon berayotganliklari ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarini
keltirib chiqarmoqda. Eng achinarlisi ayrim fuqarolar moddiy manfaat evaziga
voyaga yetmagan maktab oʻquvchilariga transport vositalarini boshqarish,
ijaraga berish oqibatida mudhish hodisalar ham kelib chiqmoqda. Tumanimizda ham
bu kabi 2 ta holatda 2 ta transport vositasini boshqarish orqali voyaga
yetmaganlar tomonidan qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli tartibda ularning
ota-onalariga choralar koʻrilgan. Yuqoridagi noxush holatlarni oldini olish
borasida yoʻl harakati havfsizligi boʻlimi tizimi tomonidan profilaktik
tadbirlar olib borilmoqda. Joriy yilning 3 oy davomida 5 968 ta
qoidabuzarliklar aniqlangan boʻlib, ularning 2 468 tasi qoʻpol
qoidabuzarliklarni tashkil etadi.
Aziz tumanimiz fuqarolari, yoʻl-transport hodisalari boʻyicha
bir qancha jiddiy masalalarni aytib oʻtdim, albatta barchamiz haydovchilik
hurmatini saqlagan holda qoidalarga itoat qilib harakatlansak xech qanday
koʻngilsiz hodisalar sodir etilmasligiga oʻzimizni hissamizni qoʻshgan
boʻlamiz.
Bugungi kunda tumandagi maktablar, kasb-xunar, tenikumlar,
kollejlar va litseylarda 40 993 dan ortiq oʻquvchilar taʼlim olmoqda. Voyaga
yetmaganlarni barkamol inson boʻlib tarbiyalash davlatimiz siyosatining eng
muhim ustivor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Taʼlim muassasalari bilan
hamkorlikda bir qator ishlar amalga oshirildi. Lekin olib borilayotgan ishlar
samaradorligi yetarli darajada boʻlmaganligi bois voyaga yetmaganlar tomonidan
jinoyat sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelinmoqda. 3 oy davomida 3 nafar voyaga
yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishiga yoʻl qoʻyildi. Aksariyat
oʻquvchilar oʻzlari bilan birga tigʻli jismlarni olib yurishni odat qilib
olganlar. Oʻtkazilgan tadbirlar davomida oʻquvchilarda 16 dona oʻtkir tigʻli
buyumlar olingan. Oʻquvchilarni nazorat qilinmasligi oqibatida dars
mashgʻulotlariga qatnashmaslik holatlariga yoʻl qoʻyib kelinayotganligi davomat
tadbirlarida maʼlum boʻlmoqda. Taʼlim muassasalarida oʻquvchilar bilan maktab, mahalla-oila
tamoyili asosida ishlash tizimi joriy etildi. Oʻquvchilar oʻrtasida qonun
buzulishiga qarshi immunitetni shakllantirish, psixologik ishlarni
mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish, ularda vatanga sadoqat hislarini shakllantirish,
maktablarda doimiy ravishda davomotni tekshirish, oʻquvchilarni kasbga
yoʻnaltirish kabi vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.
Aziz tumanimiz ahli, voyaga yetmagan farzandlarimizning
maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, bilim olishlari uchun munosib sharoit
yaratish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hamda boʻsh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish masalalarini birgalikda amalga oshirib, manzilli ishlarni tashkil
etsak oldimizga qoʻyilgan maqsadlarga erishamiz.
Tumanimizda yoshlar jinoyatchiligini oldini olish boʻyicha
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda barcha chora-tadbirlar ishlab chiqilib,
tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Soʻngi yillarda xotin-qizlarning
faolligini oshirish, gender tengligini taʼminlash, tazyiq va zoʻrvonliklarni
oldini olish borasida keng koʻlamli ishlarni amalga oshirilmoqda. Albatta
xotin-qizlarni tazyiqlar va zoʻravonliklardan himoya qilish borasida asosiy
masʼuliyatni ichki ishlar organlari oʻz zimmasiga olgan. Bugungi kunda ayrim
oilalarda hali ham maʼnaviy muhitni nosogʻlomligi tazyiq va zoʻravonlik
natijasida jinoyatlar sodir etilishiga olib kelmoqda. Shuni inobatga olib
hamkor tashkilotlar bilan birgalikda nizoli oilalarni yana bir bor oʻrganib
chiqib, ularning muommolarini manzilli hal etish choralarini koʻrish lozim
boʻladi. Bunda albatta mahalla masʼullari bilan birgalikda mahallalardagi
nuroniy otaxon va onaxonlar, oila qadriyati tushunchasi barcha yoshlarga
singdirish borasida muhim rol oʻynashlari kerak.
Hozirgi zamonda energiya resurslaridan oqilona foydalanish,
hayot uchun muhim omillardan biri hisoblanadi. Energiya resurslarini ishlab
chiqarish va undan samarali foydalanish muommosi global miqiyosda dolzarb
masala boʻlib ularni tejash lozim. Tumanda energiya resurslarini talon-tarojini
oldini olish borasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda qoʻshimcha reydlar
va tushuntirish profilaktik tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.
Ichki ishlar organlarini raqamlashtirish masalasiga ham
alohida eʼtibor berilmoqda. 2024-yil 12 oyi kuniga koʻra, qizil toifadagi
boʻlgan A.Jomiy, Doʻstlik, Yoshlik, Chak va Qorasuv mahallalarga 87 ta chegara
hududlariga 43 ta, tumanning boshqa joylariga 137 ta kuzatuv kameralari
oʻrnatilib raqamlashtirildi. Albatta bundan koʻzlangan maqsad tuman aholisining
havfsizligini taʼminlash barcha hududlarni qamrab olgan kuzatuvni yoʻlga
qoʻyish shu orqali jinoyatning barvaqt oldini olish, jinoyatlarni issiq izidan
fosh etishdir. Mahallalarda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish maqsadida
tumanimizda bugungi kunda profilaktika inspektorlari mahallalarni oʻzlarida
qoʻriqlash xizmati xodimlari bilan birgalikda fuqarolarimizning tinchlik va
osoyishtaligini taʼminlab kelmoqda. Hurmatli tumanimiz fuqarolari va aziz
mehmonlari, barchamiz jinoyat sodir etilgandan keyin emas, uni avvaldan
barvaqt oldini olishga alohida eʼtibor qarataylik.
Bugungi kunda tumanimizni barcha mahallalarida
profilaktika inspektorlari bevosita mahalla yettiligi bilan birgalikda kun-u
tun xizmat olib bormoqdalar. Tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish,
jinoyatlarni barvaqt oldini olish masalasini faqatgina davlat idoralarini
vazifasi emas, balki butun jamiyatning vazifasi deb qarash lozim.
Kosonsoy tumani IIB boshligʻi R.Karimov