Korxona ishchilari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.
Namangan shahri va tumanlarida mavjud korxona hamda tashkilotlarning xavfsizligini ta'minlash mol-mulkini himoya qilish maqsadida viloyat IIB va uning hududiy bo‘limlari va Milliy gvardiya boshqarmasi mas'ullari tomonidan korxona tashkilotlarda qo‘riqchi vazifasida ishlovchi ishchilari bilan ish faoliyatini samaradorligi oshirish va turli xildagi favkulotda holatlar, ko‘ngilsizliklar yuzaga kelganda harakatlanish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminar davomida mas'ullar tomonidan ishtirokchilarga o‘z xizmat vazifalariga sidqidildan yondashib, hududlaridagi har bir holat va vaziyatga befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik, mol-mulk daxlsizligini ta'minlashda mas'uliyat bilan ishlash lozimligi tushuntirildi. Shubxali harakatlar bo‘lgan taqdirda darhol huquq-tartibot idoralariga xabar berish lozimligi talab etildi va bu borada kerakli yo‘l-yo‘riq hamda ko‘rsatmalar berildi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati