15 Dekabr 2021 yil
481
Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay velosipedchi vafot etdi
Joriy yil 29 noyabr' kuni soat 14:30 larda, Uchqo‘rg‘on tumani Yoshlik MFY Andijon ko‘chasida, Norin tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zi ishlovchi MChJga tegishli Damas rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat havfsizligini ta'minlay olmay, o‘zidan oldinda ketayotgan velosipedchi, Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborgan.
Natijada, velosipedchi bosh miya yopiq sinishi va qon quyilishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 9 dekabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati