“Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Namangan viloyati Ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yana-da yuksaltirish hamda huquqiy targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirish yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlaridan xabardor qilish va shu orqali bilim-saviyalarini mustahkamlash maqsadida, viloyat IIB xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat darsi”da qo‘shimcha mavzu sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Unda boshqarma tashkiliy boshqarma yuridik taʼminlash guruhi yetakchi yuriskonsulti podpolkovnik N.L.Shakirov maʼruza qilib, o‘z maʼruzasida “Davlat mexanizmini ishdan chiqaruvchi illat bo‘lmish korrupsiyaning tarixiy ildizlari, korrupsiyaga qarshi kurash usullari haqida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi PF-5729-son “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2021 yildagi
PF-6257-son “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.07.2021 yildagi
PQ-5177-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.01.2022 yildagi
PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.2020 yildagi 829-son “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorlari mazmun mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazildi.
Mashg‘ulot so‘ngida maʼruzachi demokratik fuqarolik jamiyatida yashash uchun nafaqat davlat organlari, idoralarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va rahbarlar, balki, har bir fuqaro masʼul ekanligini unutmaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish barchaning burchi ekanligini anglash, uning oldini olish, yo‘q qilish, unga nisbatan murosasiz bo‘lishda har biri shaxs o‘z hissasini qo‘shishi borasida har bir xodim samarali faoliyat olib borishlariga chorladi.
Namangan viloyati IIB Tashkiliy boshqarma
Yuridik taʼminlash guruhi