29 May 2021 yil 388

Ko‘rpalar orasidan 5.000.000 so‘mni o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi.

Joriy yil 26 may kuni Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 26 may kuni soat 08:00 dan soat 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma'lum shaxs, yashash uyiga ochiq qolgan derazasi orqali kirib, mehmonxonasida bo‘lgan ko‘rpalar orasidan 5.000.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Tuman IIB JQB tezkor vakili, HPB TP profilaktika inspektori va TB katta tergovchisi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, arizachining uyida shu yil yanvar' oyidan buyon yashayotgan, 2003 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan va daliliy ashyo olingan.
Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech