31 Mart 2022 yil 419

Koreyaga ketishni rejalashtirgan ikki nafar ayol firibgarlarga duch keldi.

2022 yil 22 mart kuni, Namangan shahar Davlatobod tumani Porloq MFY va Quyi G‘irvon MFYda yashovchi ikki nafar ayol, ariza bilan murojaat qilishib, 2021 yil may oyida, Koreya davlatiga ishga ketish maqsadida ulardan pul olib qaytarib bermay kelayotgan ayollarga chora ko‘rishni so‘ragan.

Bu ikki nafar ayollarning biridan 8.680 AQSh dollar, 1.730.000 so‘m, ikkinchisidan 9.100 AQSh dollarini olib qaytarib bermayotgan shaxslar pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Ariza mualliflari tomonidan gumonlanuvchilarning biri Namangan shahar Davlatobod tumanida, yana biri esa Toshkent shahar Mavlono Riyoziy MFYda yashovchi ayollar ekanligi ko‘rsatilgan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB TB tomonidan O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hurmatli fuqarolar, chet elga ishlash yoki sayohat maqsadida chiqish bilan bog‘liq rejalaringizni albatta qonuniy yo‘l bilan hal qiling. Aks holda esa mablag‘laringizni firibgarlarga o‘z qo‘lingiz bilan topshirib qo‘yishingiz mumkin.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech