Ko‘p miqdordagi pullarni o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi.
2021 yil 1 oktyabr' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 1 oktyabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahar Yangi Namangan tumanida joylashgan MChJ binosidagi xizmat xonasiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, xonadagi shkafda bo‘lgan 32.500.000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Yangi Namangan tumani IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu MChJ ishchisi, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangi Namangan tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati