17 Mart 2021 yil 381

Komp'yuter ustaxonasiga tushgan o‘g‘ri qo‘lga olindi.

Joriy yil 11 mart kuni, Chust shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 10 mart kuniga o‘tar kechasi Chust shahrida joylashgan komp'yuter ustaxonasiga noma'lum shaxs, eshigini buzish yo‘li bilan kirib, ustaxonada bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik “Samsung S10 plyus” rusumli uyali  telefon apparati hamda stol tortmasida bo‘lgan 3.700.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Viloyat hududida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va IIVning 2021 yil 20 fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, tuman IIB JQB tezkor vakillari, TB tergovchisi va HPB profilaktika inspektorlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 11 mart kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech