1 Fevral 2022 yil 507

Kollej o‘quvchilari komp'yuterxonaga o‘g‘irlikka tushdi

2022 yil 28 yanvar' kuni, Namangan shahrida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Namangan shahrida joylashgan komp'yuterxonasiga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, komp'yuterxonada bo‘lgan umumiy narxi 85.064.000 so‘mlik 8 dona komp'yuterlarni o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘i va JQB tezkor vakillari hamda TB tergovchilari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi kasb-hunar kollejining 2-bosqich talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan hamda Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, Namangan shahridagi kasb-hunar kollejining 2-bosqich talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan bolalar sodir etganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 29 yanvar' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech