Kollej o‘quvchi go‘zallik salonini tunab ketdi.
Joriy yil 16 dekabr' kuni Chust tumanida yashovchi ayol IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 14 dekabr' kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs, Chust tumanida joylashgan ayollar go‘zallik salonidan umumiy narxi 10.000.000 so‘mlik 1 dona noutbuk, 1 dona disk va fleshka o‘qiydigan planshet, 1 dona ayollar kurtkasi, 1 dona shapka, 1 dona soch dazmoli, 1 dona soch qaychisi, 10 ta qutida bo‘lgan kiprik o‘stirish uskunalari hamda har-xil turdagi kosmetika bo‘yoqlarini o‘g‘rilab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Chust tuman IIB JQB tezkor vakili va EKG ekspertlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Chust tumanida yashovchi, Chust tumanidagi kollejning 2-bosqich talabasi, 2004 yilda tug‘ilgan qiz sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 16 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati