18 Iyul 2023 yil
390
Kiyinish xonasidan o‘g‘irlangan telefon egasiga qaytarildi
2023-yil 14-iyul kuni shahar IIO FMB Davlatobod tuman IIB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida shu yil 7-iyul kuni soat 15:30 dan soat 18:40 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Davlatobod tumanida joylashgan “Afsonalar vodiysi” istirohat bog‘idagi suzish havzasining kiyinish xonasida Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan narxi 1.000.000 so‘mlik uyali aloqa vositasini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan shaxs ekanligi aniqlangan hamda undan uyali telefon ashyoviy dalil sifatida olingan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati