Kitobxonlik buyuk kelajak kafolati.
Kitob-umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo‘luvchi sodiq do‘st. Insonning ma'naviy kamolotini ta'minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ma'rifat peshvolari, ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan.
Darhaqiqat, kitob insonni yerdan ko‘kka ko‘taruvchi, uning ma'naviy quvvatini oshiruvchi buyuk kuchdir. U insoniyatning tarixiy xotirasi, ma'naviy-ma'rifiy olami, ilmiy zaminini mustahkamlovchi, kelajakni yorqin ko‘rsatib borishga qodir mash'ala hisoblanadi.
Ichki ishlar organlari tizimida ham Prezidentimizning 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori hamda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida, Namangan viloyati Ichki ishlar boshkarmasi Kadrlar boshqarmasi tashabbusi bilan xaftaning har shanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Ma'naviyat va ma'rifat” dars soatiga qo‘shimcha ravishda “Kitobxonlik daqiqasi” tizimi joriy etildi. Maksad, yosh kadrlarni tayyorlash, ularni bilim saviyasi va malakasini oshirish, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, xodimni ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini shakllantirishga karatilgan.
Xaqiqatdan ham, kitob o‘qigan inson, qaysi sohada ishlamasin, to‘g‘ri fikrlash, oqu qorani ajratish, murakkab vaziyatlarda oqilona qaror qabul qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati