13 Dekabr 2021 yil 104

Kitob saodat kaliti

2021 yilning 10 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo’yicha qo'shinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254 sonli harbiy qismda IIVning 2021 yil 21 oktyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 400-son buyrug'i talablariga muvofiq, harbiy xizmatchilarga o'qishi uchun tavsiya etilgan kitoblarni mutolaa qilishini amalga oshirish maqsadida “Kitob saodat kaliti” shiori ostida kitob savdo yarmarkasi o'tkazildi. Yarmarkada taqdim etilgan Ichki ishlar organlari xodimlari o’qishi uchun tavsiya etilgan 39 turdagi adabiyotlar va boshqa badiiy, ilmiy hamda jahon adabiyotining nodir asarlari harbiy xizmatchilarda kitob o’qish uchun katta qiziqish uyg'otdi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech