25 Iyul 2025 yil 247

Kissavurning qilmishlari fosh etildi

Joriy yilning 15-iyul kuni Kosonsoy tumani IIB va viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 1-iyul kuni soat 11:30 larda, Kosonsoy tumani, “Bo‘ston” mahallasida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan, Sh.Gning Kosonsoy tumani dehqon bozorida yurgan vaqtda, sumkasidan 500 AQSH dollari va 200.000 so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan shaxs, Yangiqo‘rg‘on tumani, “Qorapolvon” mahallasida yashovchi, 1982-yilda tug‘ilgan, fuqaro S.A ekanligi aniqlangan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech