18 Iyun 2025 yil 395

Ekinlari orasida “Nasha” o‘simligini parvarishlagan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi

Joriy yilning 19-may kuni Chortoq tumani IIB xodimlari tomonidan, Chortoq tumani, “Sohibkor” mahallasida yashovchi, 1968-yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Aning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash uyi hovlisidagi ekinlari orasida 4 tup “nasha” o‘simliklarini ekib, parvarishlayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech