7 Avgust 2025 yil
96
Ekinlari orasida “Kannabis” o‘simligini parvarishlayotgan shaxs aniqlandi
Joriy yilning 23-iyul kuni Yangiqo‘rg‘on tuman IIB va DXX tuman bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Yangiqo‘rg‘on tumani “Qandiyon” mahallasida yashovchi, 1976-yilda tug‘ilgan M.Shga tegishli dala maydoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ekinlari orasida 3 tup “Kannabis” o‘simligini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonida O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati