8 Dekabr 2020 yil 531

Kichik serjant – Jahon chempioni.

Sport. U - jismonan va ma'nan sog‘lomlik, chiniqish, mardlik, halollik asosi. Sport bilan shug‘ullanayotgan yigit-kizlarga har qancha havas kilsangiz arziydi. Chunki ularning yuz-ko‘zidan shijoat yog‘ilib turadi. Kat'iy maksadlarini bilgach, bu havas cho‘g‘i yanada ortishi tabiiy.

Quvonarlisi shundaki, Respublikamizda xotin-qizlarning sog‘lig‘i haqida qayg‘urish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, iqtidori va layoqatini yuzaga chiqarishga oid ezgu chora-tadbirlar yil sayin keng qamrov kasb etmoqda.

Bugungi kunda sportchi xotin-qizlarimizning jamiyat hayotida tutgan o‘rni beqiyos. Jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilishida, davlatimiz madhiyasi baralla yangrashida ularning ham munosib hissasi bor. Jumladan, yaqinda Belarus Respublikasi poytaxti Minsk shahrida qo‘l jangi sport turi bo‘yicha Jahon Kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi, namanganlik sportchi, Namangan viloyati IIB TVBSO xodimasi, kichik serjant Nozima Umarova o‘z vazni toifasida barcha raqiblarini yengib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Mahoratli sportchi qiz chempionlik unvoni va oltin medalga ega bo‘ldi.

- Men 10 yildan beri mazkur sport turi bilan shug‘ullanib kelaman. Ilk sport sohasiga kadam kuyganimdan boshlab, jaxon chempioni bo‘lishni orzu kilganman. Tinimsiz mehnatim natijasida orzuim amalga oshdi. Biz sportchi ayol-kizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar cheksiz. Bu imkoniyatlardan okilona va to‘g‘ri foydalanish bu bizning, sportchilarning burchimizdir, - deydi chempionimiz Nozima Umarova. Xa, hakikatdan ham tinimsiz mehnat o‘z mevasini berajak.

Qahramonimiz Nozima bugun nafaqat sportsevarlar e'tiborida, balki o‘zi xizmat qilib kelayotgan Namangan viloyati IIB jamoasi ham uning yuuqlaridan huddi u kabi quvonchda.
8 dekabr' – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni munosabati bilan viloyat IIB ma'rifat zalida tashkil etilgan bayram tadbirida boshqarma rahbariyati tomonidan Nozima va uning ota-onasiga minnatdorchilik bildirilib, ularga tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Farzandining ortidan rahmatlar eshitish har bir ota-onada faxr va g‘urur tuyg‘usini yanada jonlantirishini Nozimaning ota-onasi yuzlaridagi mamnuniyatdan anglab olish qiyin emas. Umid qilamizki, bu yutuqlar chempion qizimizning kelgusi muvaffaqiyatlarida debocha bo‘lib xizmat qiladi.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech