1 Iyul 2025 yil
364
Kiberfiribgarlik sodir etgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 16-iyun kuni Mingbuloq tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yil 8-aprel kuni, Mingbuloq tumani, “Mulkobod” mahallasida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan, fuqaro U.Shning ishonchiga kirib, bank plastik kartasidan 140.000.000 so‘m pulini o‘tkazib olgan shaxs, Jizzax viloyati, Zarbdor tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan, fuqaro X.O. ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati