21 Avgust 2025 yil
67
Kiberfiribgarlarning faoliyatiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 26-iyul kuni Namangan viloyat IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, shu yilning 2-iyul kuni, Uychi tumani “Qumtepa” mahallasida yashovchi, Y.Jni plastik kartasidan 13.850.000 so‘m va Namangan shahar “Qadamjo” mahallasida yashovchi, U.Mni plastik kartasidan 6.556.550 so‘m pulini yechib olgan shaxslar, Toshkent shahar Shayxontoxur tumani “Beshyog‘och” mahallasida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan X.A va mahalladoshi 2005-yilda tug‘ilgan O.Sh hamda Toshkent shahar Yunusobod tumani “Firdavsiy” mahallasida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan T.Sh ekanligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati