20 Oktyabr 2020 yil 455

“KIA BONGO” haydovchisi shifoxonada vafot etdi.

Shu yil 8 oktyabr' kuni soat 14:30 larda, Namangan-Pungon yo‘lining 62 km.da, Namangan shahrida yashagan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro “KIA BONGO” rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘lning o‘ziga nisbatan qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketib, Pungon yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan, Uychi tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan “MAN NGA” rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Natijada, “KIA BONGO” rusumli avtomashina haydovchisi olgan tan jarohati oqibatida, shifoxonada vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech