3 Avgust 2021 yil
350
Kelishilgan pullarni bermayotgan fuqaroga jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
2021 yil 12 iyul' kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil oktyabr' oyida, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro Lasetti rusumli avtomashinasini 9.000 AQSh dollariga sotib olishga kelishib, kelishilgan pullarni 2020 yil 1 iyul' kuni berishini aytib, avtomashinani boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini shu kunga qadar bermaganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 2 avgust kuni O‘z.R JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati