8 Noyabr 2021 yil
743
Kelib chiqqan yong‘in yuzasidan rasmiy ma'lumot
Ijtimoiy tarmoqlarda bayon etilgan yong‘in holati yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy ma'lumoti.
Joriy yilning 7 noyabr' kuni soat 21:40 larda Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro mast holda, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, baqir-chaqir qilib qo‘shnisining yashash hovlisida to‘plab qo‘yilgan o‘tinlarga o‘t qo‘yib, uning mulkiga qasddan shikast yetkazgan. Atrofdagi shaxslarni tinchligini buzgan ushbu fuqaro bezorilik harakatlarini to‘xtatishni talab qilgan IIO xodimining qonuniy talablarini ham bajarmay, unga qarshilik ko‘rsatgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB XPMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati