5 Iyun 2025 yil
349
“Kannabis” o‘simliklarini parvarishlayotgan shaxsga qonuniy chora ko‘rildi
Joriy yilning 19 may kuni o‘tkazilayotgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida, Chust tumani IIB xodimlari tomonidan, Chust tumani, “Tinchlik” mahallasida yashovchi, 1952 yilda tug‘ilgan, fuqaro E.Mning “Og‘asaroy” mahallasidagi dala maydoni ko‘zdan kechirilganda, ekinlar orasida 13 tup “Kannabis” o‘simliklarini parvarishlayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati