Kalit qaerda turishini bilgan o‘g‘ri tilla taqinchoqlarni o‘marib ketdi
2021 yil 16 oktyabr' kuni, Pop tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 07:00 dan soat 17:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, yashash uyida hech kim yo‘qligidan foydalangan noma'lum shaxs, yashash uyining ko‘cha tomonida joylashgan derazasining chekkasida turgan kalitini olib, darvozasini ochib kirib, yotoqxonasidagi shkafda bo‘lgan umumiy narxi 4.500.000 so‘mlik 2 dona tilla uzuk, 1 dona tilla zanjir va 1 juft tilla sirg‘asini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB JQB tezkor vakili va HPMB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Namangan shahrida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman prokuraturasi tomonidan 2021 yil 25 oktyabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati