6 Aprel 2023 yil 345

Yo‘lovchi avtomashinadagi telefonni o‘mardi.

2023 yil 2 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 06:00 larda avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqqan nomaʼlum shaxs, avtomashinasidagi narxi 3.000.000 so‘mlik bir dona “Tsl 20” rusumli uyali telefon apparatini o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Yangiqo‘rg‘on tuman IIB JQB tezkor vakili va HPB profilaktika inspektori tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Chortoq tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan ayol sodir etganligi aniqlangan. Daliliy ashyo (“Tsl 20” rusumli uyali telefon apparati) olingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech