Yuk mashina boshqarishda yengil turdagi transport vositalari boshqaruviga nisbatan ko‘proq masʼuliyat talab etiladi.
So‘nggi vaqtlarda yuk mashinalari ishtirokida qoidabuzarlik holatlari va yo‘l transport hodisalari ko‘plab uchramoqda. Yuk mashina boshqarishda yengil turdagi transport vositalari boshqaruviga nisbatan ko‘proq masʼuliyat talab etiladi.
Haydovchi yetarli tajribaga ega bo‘lmasa yaxshisi bu turdagi transport vositalari bilan uzoq yo‘lga otlanmagan maʼqul. Tajriba yetarli bo‘lib, charchoq holatidagi haydovchi rul boshqaruviga o‘tirishi ham ko‘ngilsiz, hattoki ayanchli vaziyatlarni keltirib chiqaradi.
texnik nosoz transport vositasini boshqarishdan avval ko‘rikdan o‘tkazish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadga muvofiq.
Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida targ‘ibot uchrashuvlari o‘tkazib kelishmoqda. Haydovchilarga yo‘llarda ogoh va hushyor harakatlanish, xavfli burilish mavjud hududlarda tezlikni belgilangan meʼyorga sozlash, qatnov yo‘llarida boshqa transport vositalarining harakatiga xalal bermaslik borasida tushuntirish ishlari olib borildi.
Joylarda yuk mashinalari bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati