3 Sentyabr 2021 yil 374

YTHda piyoda vafot etdi.

2021 yil 31 avgust kuni soat 09:00 larda, Toshkent-O‘sh yo‘lining 235 km.da, Pop tumani Qo‘shminor MFY hududida, Toshkent shahar Olmazor tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Jentra rusumli avtomashinasini boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta'minlay olmay, yo‘l chetida ta'mirlash ishlarini olib borayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, yo‘l chetiga chiqib ketib, toqqa borib urilgan.

Natijada, haydovchi bosh miya ochiq shikasti tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu xolat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 31 avgust kuni O‘z.R JKning 266-moddasi 2-kismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech