12 Aprel 2021 yil 382

JQB xodimlari tomonidan giyohvand modda saqlab yurgan shaxs aniqlandi.

Joriy yil 9 aprel' kuni Namangan viloyat IIB JQB katta tezkor vakili hamda Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan Namangan shahar Ozod MFY hududida joylashgan “Mehmondo‘st” oshxonasi oldida Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro to‘xtatilib, xolislar ishtirokida yoni ko‘zdan kechirilganida, egnidagi kitelining ichki o‘ng va chap cho‘ntaklarida alohida-alohida qora rangli sellofan paketlarga o‘ralgan o‘tkir hidli, to‘q jigarrang giyohvand moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, tekshirib ko‘rish uchun olingan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 256,26 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech