15 Yanvar 2021 yil 411

JQB xodimlari o‘g‘rini fosh etdi.

Shu yil 12 yanvar' kuni Namangan tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib,unda shu kunga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Namangan shahrida joylashgan oshxonaning yerto‘lasida joylashgan komp'yuter tuzatish ustaxonasi eshigini buzib kirib, ustaxonada bo‘lgan umumiy narxi 12.000.000 so‘mlik 1 dona “Artel” rusumli televizor, 1 dona “Aser” rusumli noutbuk, 3 dona komp'yuterlar xotirasi va 3 dona fleshkasini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili hamda 1-sonli IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, muqaddam O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan sudlangan shaxs sodir etgani aniqlangan va daliliy ashyo olingan.

Ushbu holat bo‘yicha shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech