JQB xodimlari giyohvand modda savdogarini chuv tushirdi.
Shu yil 14 yanvar' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakillari tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida Namangan shahar Zarbdor MFYda yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro Namangan shahar Chorsu mahallasida joylashgan “Chorsu dehqon bozori”da tadbir ishtirokchisiga 300.000 so‘m pul evaziga oq rangli sellofan paketga o‘ralgan o‘tkir hidli, jigarrang rangli giyohvand moddasiga o‘xshash moddani sotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 0,39 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati