1 May 2021 yil
371
JQB tezkor vakili og‘ufurushni qo‘lga oldi.
Joriy yil 30 aprel' kuni Namangan shahar IIO FMB JQB tezkor vakili tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat xarid” tadbiri davomida, Namangan shahrida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida tadbir ishtirokchisiga 330.000 so‘m pul evaziga 2 dona gugurt qutisida o‘tkir hidli ko‘kimtir rangli va maydalangan quruq holdagi moddani sotayotgan vaqtida ushlangan.
Namangan shahar IIO FMB EKBning xulosasiga ko‘ra, ushbu moddalarning sof og‘irligi 25,9 gramm bo‘lgan “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi ko‘rsatilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati