YPX maskanida giyohvand modda to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 6 may kuni “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari davomida Pop tumani, “Qo‘shminor” mahallasi hududida joylashgan “Namangan” YPX maskanida xizmat olib borayotgan huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan, Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, fuqaro A.S boshqaruvidagi “Jetour” rusumli avtomashinasini to‘xtatilib, tekshirilganida, avtomashinada bo‘lgan yo‘lovchi, Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan, fuqaro M.Aning uyali telefon apparatining g‘ilofini ichki qismida sof og‘irligi 0,11 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati