19 May 2021 yil 381

YPX inspektoriga pora taklif qilgan haydovchiga chora ko‘rildi.

Joriy yil 18 may kuni Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari yo‘l-patrul' xizmati batal'oni 1-safarbarlik guruhi komandiri leytenant Mirzaniyozov Sherzod Usmonjonovich O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:30 larda, qo‘l ostida xizmat qiluvchi xodimi ya'ni Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l-patrul' xizmati batal'oni Joriy yil 18 may kuni Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari yo‘l-patrul' xizmati batal'oni 1-safarbarlik guruhi komandiri leytenant Mirzaniyozov Sherzod Usmonjonovich O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, shu kuni soat 15:30 larda, qo‘l ostida xizmat qiluvchi xodimi ya'ni Namangan viloyati IIB YHXB bo‘linmalari saf bo‘linmalari yo‘l-patrul' xizmati batal'oni 1-safarbar guruhi yo‘l-patrul' xizmati inspektori safdor Dadaboev Paxlavon Shakatjonovich Namangan muntazam YPX maskanida xizmat olib borayotib “Toshkent” yo‘nalishiga qarab harakatlanib ketayotgan, “Ford tranzit” rusumli avtomashinani to‘xtatib tekshirgan vaqtida xaydovchining avtomashinani boshqarishga doir tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi sababli uning transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib borib qo‘yganligini hamda xaydovchiga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirganligi, biroq, hozirda xaydovchi uning oldiga kelib, yuqoridagi aniqlangan holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rmaslik hamda avtomashinasini jarima maydonidan olib chiqib berish evaziga 100 AQSh dollari berishini aytib, pora taklif qilayotganligini ma'lum qilib, ushbu fuqaroga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.Mazkur holat yuzasidan shu kuni Sh.Mirzaniyozovning bildirgisiga asosan, O‘z.R IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor-tadbir belgilanib, o‘tkazilgan tadbir davomida, xaydovchi Pop tumanida joylashgan Namangan muntazam YPX maskani hovlisida leytenant Sh.Mirzaniyozovga 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlanib, tegishli tartibda prosessual hujjatlar rasmiylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan IIV O‘XB Namangan viloyati bo‘yicha bo‘limi tomonidan dastlabki tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech