9 Iyul 2021 yil 689

Joriy yilning 5 iyul' kuni ijtimoiy tarmoqlarda Namanganlik fuqoroning tergovchilardan norozi fikrlari aks etgan yozma murojaati joylashtirildi. Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati.

2021 yil 29 iyun' kuni soat 12:00dan 15:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida fuqaro Namangan shahar Furqat MFY, I.Karimov ko‘chasida joylashgan Namanagan viloyati Maktabgacha ta'lim Boshqarmasi binosi oldida yo‘l chetida qarovsiz qoldirilgan "Neksiya-2" rusumli avtomashinani no'malum shaxslar olib qochib ketgan. Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida avtomashina Namangan shahar G‘irvon MFY hududida joylashgan "G‘irvon savdo kompleksi" oldidagi avtomashinalar turargohidan avtomagnitofoni va akkumlyatori o‘g‘irlangan holatda topilgan. Ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi fuqaro sodir etgani aniqlanib qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Haqiqatdan ham ushbu avtomashina topilgandan so‘ng u bilan bog‘liq ekspertizalar o‘tkazish zarurati mavjudligi sababli saqlab turish uchun jarima maydoniga qo‘yilgan. Hozirda jarima maydonchasida turganligi, baholash ekspertizasi bilan bog‘liq harajatlar tegishli tartibda jabrlanuvchining foydasiga undirib berilishi ta'minlanadi.

Avtomashina bilan bog‘liq tergov harakatlari yakunlangach, ekspertizalar o‘tkazilgandan so‘ng qonuniy egasiga tilxat asosida qaytarib berilgan. Mazkur holat bo‘yicha Namangan viloyati IIB rahbariyati tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, ijrosi nazorat ostiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, yolg‘on ma'lumotlarni ataylab ommaga, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan shaxslar qonun doirasida javob beradi. Qolaversa, bu umuminsoniy odob me'yorlariga ham ziddir.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech