Joriy yilning 10 iyul' kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Namanganda IIB xodimlari Ota-bolani xech qanday sababsiz olib ketishmoqda” nomli video yuzasidan Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining rasmiy munosabati.
Mazkur xolat o‘rganilganda 2021 yil 10 iyul' kuni soat 13:30larda Namangan shahar chorraxasida Uychi tumanida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan O.V. o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya 2” rusumli avtomashinasida chorraxadagi svetaforning qizil chirog‘ida xarakatlanib, yo‘l xarakati qoidalarini buzgan vaqtda IIO xodimi avtomashina xaydovchisi oldiga kelib, o‘zini IIO xodimi ekanligini tanishtirib xizmat guvoxnomasini ko‘rsatib, uning xarakatlari yo‘l qoidalariga zid ekanligi, yo‘l xarakatining boshqa ishtirokchilariga xalaqit berayotganligi to‘g‘risida ogohlantirib, avtomashina boshqarish huquqini beruvchi xujjatlar mavjudligini tekshirish uchun taqdim etishini so‘ragan vaqtida avtomashina xaydovchisi xujjatlarni taqdim etishdan bosh tortib, IIO xodimining qonuniy talablarini bajarmasdan turli xil baxonalar qilib, boshqa fuqarolarni o‘ziga jalb etgan xolda uyatli so‘zlar ishlatib, IIO xodimini shaxsiyatiga tekkan va ushbu xolatni ko‘rgan avtomashina xaydovchisini tanishi Uychi tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan B.N. IIO xodimini oldiga kelib uning o‘z xizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatib mazkur xolatga aralashgan va boshqa fuqarolarni o‘ziga jalb etgan holda uyatli so‘zlar ishlatib, IIO xodimini haqoratlab, tanishi avtomashinasini boshqarib xodisa joyidan ketgan.
Shundan so‘ng, chorraxadagi xolatni ko‘rgan xududiy profiliktika inspektori kelib IIO xodimi bilan birgalikda o‘z hizmat vazifasini bajarishiga qarshilik ko‘rsatgan fuqaroni shahsiga oydinlik kiritish maqsadida IIB ma'muriy binosiga olib ketmoqchi bo‘lishgan vaqtida mazkur xolatni fuqarolar tomonidan videotasvirga olib ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborilganligi aniqlangan.
Xozirda yuqoridagi xuquqbuzarlik sodir etgan O.V.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 194-moddalari hamda B.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183, 195-moddalari yuzasidan xujjatar rasmiylashtirilgan.
Xurmatli aziz fuqarolar!!!
Hech qanday ma'lumotga ega bo‘lmay turib, asossiz fikr bildirish hamda keraksiz yolg‘onlar bilan ommani fikrini zaxarlaganlar ham qonun oldida javob beradi.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati