8 Iyul 2021 yil 1527

Joriy yil 8 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Kosonsoy tumanida g‘aroyib temir jism topildi, u bomba bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda" nomli foto sharh yuzasidan Namangan viloyati IIBning ushbu holatga rasmiy munosabati.

2021 yil 07 iyul' kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘ini Kushon sa'noat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta yemirilgan “aviasion” bombalar topilgan, ushbu bombalar artleriya snaryadi karoziyaga uchrab yemirilgan. Yuqorida topilgan bombalarni Zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G‘urimsaroy 07648-xarbiy qism maxsus o‘q otish paligoniga olib borilib yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda. Bu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va O‘zResIIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, xozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech