1 Sentyabr 2025 yil
176
Yo‘lovchining yonidan giyohvand modda aniqlandi
Joriy yilning 4-avgust kuni “Namangan” muntazam YPX maskanida, IIV JXD YHXX xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, Neksiya rusumli avtomashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan, Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida yashovchi, 2000-yilda tug‘ilgan V.A.ni yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida yonidan 0,42 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pop tuman IIB Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmati