18 Oktyabr 2024 yil 2091

"Yo‘l harakati xavfsizligi dolzarb masala" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi

Namangan viloyati IIB JXX YHXB binosida tashkil etilgan anjumanda boshqarma boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari, masʼul xodimlar hamda jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. dastlab OAV vakillariga viloyat hududida sodir etilgan YTHlar mavzusidagi videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida yuzaga kelgan avtohalokatlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berib, hodisalarni oldini olish uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi.

Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, qoidabuzarlikni qayd etib boruvchi qurilmalarni ko‘paytirish, piyoda va haydovchi madaniyatini oshirish va shu orqali tartibli harakatni taʼminlash borasida o‘zaro fikrlar almashildi.   

Jurnalistlarning savollariga soha xodimlari to‘liq maʼlumot bergachyig‘ilganlar harakat ishtirokchilariga qulaylik yaratish uchun taklif etilayotgan loyihalar bilan tanishtirildi.

Anjuman yakunida boshqarma boshlig‘i viloyat hududida namunali, tartibli harakatni tashkil etish uchun barcha OAV vakillari hamda blogerlarni hamkorlikda ishlashga chaqirdi. Yaʼni endilikda reyd va targ‘ibot tadbirlarini jurnalistlar ishtirokida yana-da kuchaytirishga kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech