18 Dekabr 2020 yil 470

Jinoyatchi ayol barmoq izlari orqali topildi.

Joriy yil 15 dekabr' kuni Chust tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 3 dekabr' kuni soat 13:00 dan soat 13:25 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs xonadonini orqa eshigidan kirib uy ichidan umumiy narxi 12.000.000 so‘mlik 4 dona tilla uzuklari va bir dona tilla zanjirini hamda 500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Chust tuman IIB EKG eksperti tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilib, 4 dona yaroqli qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBdagi shaxsni identifikasiya qilish tizimidan tekshirilganida, olingan qo‘l barmoq izlari, Namangan shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan ayolning o‘ng qo‘l o‘rta barmog‘iga to‘g‘ri kelganligi aniqlanib, Chust tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan ayol ushlanib, tegishli ko‘rsatmalar video yozuv asosida olingan.

Ushbu holat bo‘yicha Chust tumani IIB huzuridagi TB tomonidan 2020 yil 15 dekabr' kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech