Jinoyat issiq izidan fosh etildi.
Joriy yil 10 fevral' kuni, Pop tumanida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil shu kuni soat 13:30 larda, yashash uyi darvoza eshigi ochiq qolganligidan foydalangan noma'lum shaxs, yotoqxonasidagi javon ustida bo‘lgan narxi 13.000.000 so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.
Pop tuman IIB eksperti tomonidan voqea joyidan olingan qo‘l barmoq izlarini viloyat IIB EKB shaxsni identifikasiya qilish tizimida tekshirilganida, ushbu izlar, Namangan shahrida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli ekanligi aniqlanib, Pop tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni shu ayol sodir etgani o‘z tasdig‘ini topgan.
Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qo‘zg‘atilgan.
Namangan viloyat IIB Axborot xizmati